Yagona aksiyador

«Techno Continental» AJ xorij korxonasining oliy boshqaruv organi bo‘lib yagona aksiyador xisoblanadi. Yagona aksiyador jamiyat ustavida ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida qarorlar qabul qiladi va jamiyatni boshqaradi.

O‘zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning xuquqlarini ximoya qilish to‘grisida»gi qonuni 58-moddasiga ko‘ra, jamiyatning ovoz beruvchi oddiy aksiyalarining barchasi yagona aksiyadorga tegishli bo‘lgan hollarda, jamiyatda aksiyadorlar umumiy yig’ilishi o‘tkazilmaydi. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi vakolatiga kiritilgan masalalar bo’yicha qarorlar yagona aksiyador qarori shaklida rasmiylashtiriladi.

Yagona aksiyadorning faoliyati, qarorlar qabul qilishi va jamiyatning boshqaruv shakli va uslublari jamiyat ustavida, «Jamiyat aksiyadorlar umumiy yigilishi to‘g‘risidagi nizom»ga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi.